Yangiliklar

Isroil Madrimov The Ring reytingida ikkinchi o‘rindan joy oldi

Foto: Telegram

Super o‘rta vazn bo‘yicha WBC va WBA sobiq chempioni o‘zbekistonlik Isroil Madrimov The Ring reytingida ikkinchi o‘rindan joy oldi. Bu haqda The ring nashri xabar berdi.

Reyting peshqadami AQSH vakili Terens Krouford bo‘ldi. Kuchli uchlikdan yana bir amerikalik bokschi Sebastian Fundorra joy oldi.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov joriy yilning 4-avgust kuni Terens Krouforddan mag‘lubiyatga uchragan edi va chempionlik kamarlarini himoya qila olmagan edi. Bu mag‘lubiyat o‘zbekistonlik bokschining faoliyatida birinchi bor sodir bo‘ldi. Madrimov professional boksda 12 ta jang o‘tkazib, 10 ta g‘alaba, bitta durang va bitta mag‘lubiyatga erishgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abdumalik Halokov Oʻzbekiston delegatsiyasiga yettinchi oltin medalni taqdim etganini yozgan edi.