Yangiliklar

Isroil O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Gideon Lustig elchi etib tayinlandi
Foto: Facebook.com

Isroilning Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Gideon Lustig O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini boshlaydi. Bu haqda Isroil elchixonasining matbuot xizmatida xabar qilindi.

Unga ko‘ra, Isroilning yangi elchisi Gideon Lustig O‘zbekistondagi yahudiy jamoalar rahbarlari bilan uchrashdi.

Foto: Facebook.com

«Toshkentdagi birinchi haftamdagi ustuvor vazifalardan biri mahalliy yahudiy jamoalari rahbarlari bilan uchrashish edi. Vladimir Shapira va Arkadiy Isaxarovga iliq qabul uchun minnatdorchilik bildiraman. Yahudiy jamoalari men uchun har doim uydan tashqari uydir», dedi Gideon Lustig.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tolibon Oʻzbekistondagi elchisini tayinlagan edi.