Italiyaning ESB Group kompaniyasi Samarqanddagi «Shirin» turarjoy majmuasi hududida uy-joylar va sport obyektlarini qurish loyihasi ustida ishlamoqda, deb xabar berdi «Yangi O‘zbekiston» gazetasi.
O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Abat Fayzullayev ESB Group xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Gaetano Krishi bilan loyihani amalga oshirishni muhokama qildi. Krishaning so‘zlariga ko‘ra, binolarni loyihalashda ularning zilzilabardoshligiga alohida e’tibor beriladi.
ESB Group davlat va xususiy mijozlar uchun arxitektura va muhandislik loyihalari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, kompaniya yuridik xizmatlarni ham taqdim etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Italiyaning EU Wings kompaniyasi O‘zbekistonga samolyot ta’mirlash korxonasini yaratishda yordam berishini yozgan edi.