Namanganda avtobuslar uchun yo‘laklar ajratiladi

eʼlon qilindi
To‘rtta ko‘chada
Rasm: Transport vazirligi

Namanganda jamoat transporti uchun shahar yo‘llarida alohida yo‘laklar ajratiladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi.

Islom Karimov, Alisher Navoiy, Amir Temur, Nodim Nomongoniy ko‘chalari bo‘ylab avtobus va yo‘nalishlarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Joriy yil avgust oyining boshida Samarqand jamoat transporti uchun ham shunday yo‘laklar ochildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘onaga Xitoy ishlab chiqaruvchisidan oltita avtobus yetkazib berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek