Yangiliklar

O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon ayollari $4,5 millionlik shartnomalar imzoladi

Tadbirning birinchi kunida
Rasm: O‘zR Savdo-sanoat vazirligi

O‘zbekiston–Belarus ayollar forumining birinchi kunida $4,5 mln.lik shartnomalar imzolandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Ikki mamlakat biznesi, hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari vakillari ishtirokidagi tadbir Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda. 26-27-avgust kunlari forumda yengil sanoatda O‘zbekiston–Belarus hamkorligiga bag‘ishlangan seksiya ish olib bormoqda.

Forum ishtirokchilarining ta’kidlashicha, Belarus to‘qimachilik korxonalari O‘zbekiston Respublikasidan paxta import qilishdan, O‘zbekiston korxonalari esa zig‘ir va undan tayyorlangan mahsulotlarni sotib olishdan manfaatdor.

Seksiyalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari savdosini oshirish masalalari muhokama qilindi. Unda Belarusning «Mogoteks», «Svitanak», «Moda markazi», «Orshan lenkombinat» va «Kamvol» korxonalari, shuningdek, O‘zbekistonning Osborn textile, Navbahor tekstil, Mark formelle IT kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buyuk Britaniyaning FashionNet kompaniyasi o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini targ‘ib qilishda yordam berishini yozgan edi.