O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki davlatda qiymati $520 mln bo‘lgan yettita loyihani ishga tushirdi. Bu haqda Report axborot agentligi xabar berdi.
Loyihalar qatorida Ritz-Carlton mehmonxonasi, turarjoy majmuasi, Qashqadaryodagi gips mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi, to‘qimachilik korxonalari, Ozarbayjondagi do‘stlik bog‘i.
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yangi «Matanat A» korxonasida qurilish ishlari boshlandi. Zavod kuniga 350 tonnagacha gipsokarton ishlab chiqaradi. Loyihaning umumiy qiymati $20 mlnga baholanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev bir guruh qozogʻistonlik davlat va jamoat arboblarini mukofotlagani haqida xabar bergan edi.