O‘zbekistonda aholi zichligi 2 foizga oshdi

eʼlon qilindi
1 kv. km maydonida o‘rtacha 83 kishi yashaydi
Foto: Piqsels

2024-yil iyul oyi boshida O‘zbekistonda 1 kv. km. maydonida oʻrtacha aholi soni 82,7 kishini tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 foizga oshdi, deya xabar beradi Statistika agentligi.

Eslatib o‘tamiz, respublikaning doimiy aholisi soni 2024-yil 1-iyul holatiga 37,13 million kishiga yetdi, yillik o‘sish 761,8 ming kishini tashkil etadi.

Aholining eng yuqori zichligi Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, 1 kv. km. da poytaxtda 6,8 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Avvalroq «Kursiv» BMT ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda aholi soni 2100-yilga borib ikki baravar koʻpayishi haqida yozgan edi.

Shuningdek