Yangiliklar

Qanot Sharq reysi texnik sabablarga ko‘ra Turkiyada qo‘ndi

Hech kim jabrlanmadi
Rasm: Transport vazirligi

Qanot Sharq aviakompaniyasining HH572 reysi bir kun avval Turkiyaning Merzifon aeroportiga rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirdi, deya xabar berdi aviatashuvchi.

Vaziyat texnik sabablar bilan izohlandi. Qo‘nish vaqtida yo‘lovchilar va ekipaj a’zolaridan hech kim jarohat olmagan.

Samolyot Istanbuldan Samarqandga yo‘l olgandi. Uning yo‘lovchilari zaxira bortida O‘zbekistonga olib ketilgan. U kechasi Merzifondan uchib ketdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2023-yil dekabr oyida Uzbekistan Airways samolyoti yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli uchib ketish aeroportiga qaytib kelgani haqida yozgan edi.