Yangiliklar

Qozogʻistonda internetdagi firibgarlik orqali koʻrilgan zarar $14,6 milliongacha oshdi

Mamlakatda 2024-yilning yetti oyida qo‘zg‘atilgan 26,9 mingta jinoyatning 44,4 foizi bevosita internet tarmog‘i orqali sodir etilgan
Foto: Weerapat / depositphotos.com

Qozogʻistonda internet firibgarligi orqali yetkazilgan moddiy zarar $14,6 milliongacha (7 milliard tenge) oshdi. Bu haqda Kazlenta.kz nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozogʻistonda internet orqali firibgarlik firibgarlikning asosiy turlaridan biri boʻlib qolmoqda. Mamlakatda 2024-yilning yetti oyida qoʻzgʻatilgan 26,9 mingta jinoyatning 44,4 foizi bevosita internet tarmogʻi orqali sodir etilgan.

Mamlakatda soʻnggi 6-yil ichida internetdagi firibgarlik bilan bogʻliq roʻyxatga olingan jinoyatlarning soni 40 baravardan oshgan. 2018-yilda 500 dan sal koʻproq bunday jinoyatlar qayd etilgan boʻlsa, 2023-yil oxiriga kelib ularning soni 21,8 mingtaga yetgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻiston Kaspiyda yettita yangi kemani qurib, dengiz flotini kengaytirishi haqida xabar bergan edi.