Raqobat qoʻmitasi sement zavodini 4,9 mlrd soʻm jarimaga tortdi
Raqobat qoʻmitasi Shangfeng-Bridge of Fr sement zavodini 4,9 mlrd soʻm jarimaga tortdi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, zavod joriy yilning mart–iyul oylarida birja savdolari orqali sotilishi kerak boʻlgan jami 122,7 ming tn sement mahsuloti belgilangan talablarga zid ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida realizatsiya qilingan.
Bunda jami 2,7 ming tn sement mahsuloti oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkasidan yuqori narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilinganligi natijasida 81,1 mln soʻm asossiz ravishda daromad olingan va boshqa sement ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etgani aniqlandi.
Shu bilan birga, MCHJ tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi (sement) mahsulotini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga asosan realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini hisoblash boʻyicha toʻplangan hujjatlar soliq organiga yuborildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nukus xalqaro aeroportiga nisbatan ish qoʻzgʻatilgani haqida xabar bergan edi.