Surxondaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamaldi

eʼlon qilindi
Diniy ta’lim narxi bir oy uchun 500 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha bo‘lgan
Foto: central.asia-news.com

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida qonunga zid ravishda bolalarga diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1988-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli shaxs 11 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy ta’lim berib kelgan.

Diniy ta’lim berish narxi bir oy uchun 500 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha bo‘lgan. Hujra shaklida, turli xildagi diniy adabiyotlardan foydalanib diniy saboq berib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan hujjat rasmiylashtirilib, sud tomonidan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.  

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish jazoga tortilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek