Toshkent metropoliteni bir kunda oʻrtacha nechta yoʻlovchiga xizmat qilmoqda

eʼlon qilindi
Bu 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda ushbu ko‘rsatkich 277,1 ming yo‘lovchiga oshgan
Foto: Prezident matbuot xizmati

2024-yilning yanvar–iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yoʻlovchi tashilgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln nafarga koʻp. Joriy yilning yanvar–iyun oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 724,5 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan. Bu 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda ushbu koʻrsatkich 277,1 ming yoʻlovchiga oshgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentga yangi zamonaviy metro poyezdlari olib kelingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek