Toshkent viloyatida Damas yonib ketdi

eʼlon qilindi
Haydovchi 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro bo‘lgan
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati

Toshkent viloyati Zangiota tumanida harakatlanib kelayotgan Damas avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 26-avgust kuni Zangiota tumani «Qirguzar» QFY Nazarbek ko‘prigi ostida sodir bo‘lgan.

Avtotransport Turkiston — Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan. Haydovchi 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro bo‘lgan.

Yong‘in kelib chiqishi natijasida avtoulov to‘liq yonib ketgan. Haydovchi zudlik bilan transport vositasini tark etgan. Yong‘in natijasida hech kimga tan jarohati va zarar yetmagan.

Hozirgi vaqtda holat yuzasidan Zangiota tumani FVB YXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangihayot tumanida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek