Toshkentga yuk tashuvchi aviareyslar yana bittaga ko‘paydi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        4-sentabrdan boshlab
                    
                            
Xitoyning «North-Western Cargo International Airlines» aviakompaniyasi Siandan Toshkentga yuk reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Uzbairports xabar berdi.
Unga ko‘ra, ilk parvoz 2024-yil 4-sentabrga amalga oshiriladi.
Parvozlar yuk koʻtarish quvvati 25 tonnagacha boʻlgan Boeing 757-200 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Dastlabki bosqichda parvozlar haftasiga bir marta, keyinchalik esa haftasiga uch martagacha yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilning ilk olti oyida havo transporti orqali qancha yuk tashilgani haqida yozgan edik.
