.uz domeni boshqaruv ma’muriyati ccTLD.uz saytida sun’iy intellekt (SI) yordamida aqlli domen nomlarini tekshirish funksiyasini ishga tushirdi, deb xabar berdi UZINFOCOM matbuot xizmati.
ccTLD.uz sayti foydalanuvchilari SI yordamchi orqali o‘z domen nomlariga mos keladigan, o‘xshash nom yoki ma’noga ega alternativalarni topishlari mumkin bo‘ladi.
Ma’muriyat vakillari bu tashabbus O‘zbekistonda raqamli xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan doimiy ishlarning bir qismi ekanini ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston rasmiylari sun’iy intellekt sohasida qonun ishlab chiqishni rejalashtirgani haqida xabar bergan edi.