Yangiliklar

UzAirways Mustaqillik bayrami munosabati bilan qoʻshimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi

Qo‘shimcha qatnovlar respublikaning oltita hududiga amalga oshiriladi
Foto: 12 141 qwer230586@yandex.ru / Depositphotos

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy qoʻshimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Qoʻshimcha qatnovlar respublikaning oltita hududiga amalga oshiriladi.

  • HY015/016 Toshkent – Nukus – Toshkent: 30-avgust, 1 va 3-sentabr;
  • HY021/022 Toshkent – Buxoro – Toshkent: 30, 31-avgust va 3-sentabr;
  • HY065/066 Toshkent – Termiz – Toshkent: 31-avgust va 2-sentabr;
  • HY083/084 Toshkent – Fargʻona – Toshkent: 1-sentabr;
  • HY093/094 Toshkent – Namangan – Toshkent: 2-sentabr;
  • HY055/056 Toshkent – Urganch – Toshkent: 31-avgust va 2-sentabr;
  • HY051/052 Toshkent – Urganch – Toshkent: 1-sentabr;
  • HY057/058 Toshkent – Urganch – Toshkent: 3-sentabr.

Shuningdek, 31-avgustdan 3-sentabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar 30 foizgacha chegirma bilan taqdim etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAirways Samarqanddan Irkutskka parvozlarni yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.