2024-yilda qancha ipoteka krediti ajratilgani ma’lum qilindi

eʼlon qilindi
Ipoteka kreditlari miqdori 2023-yil nisbatan 125 mlrd so‘mga kamaygan
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

2024 yil yanvar–iyun oylari yakunlari bo‘yicha tijorat banklari tomonidan ajratilgan jami kreditlar 126,7 trln so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, tijorat banklari tomonidan ajratilgan jami kreditlardan 45,3 trln so‘mi jismoniy shaxslarga berilgan.

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, tijorat banklarining umumiy kredit portfeli 493,9 trln so‘mni tashkil qilgan, shuningdek, ipoteka kreditlari qoldig‘ining ulushi 12,5 foizga, ya’ni 61,8 trln so‘mga yetgan.

Foto: Markaziy bank

Mikroqarzlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14 foizga, mikrokreditlar 7 foiz bandga hajmi oshgan bo‘lishiga qaramay avtokreditlar ulushi 20 foizga kamaygan.

Hisobot davrida ajratilgan ipoteka kreditlari miqdori 2023-yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 125 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa ham jismoniy shaxslarga ajratilgan jami kreditlar tarkibidagi ulushi 15 foizga teng holda o‘zgarishsiz qolgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mikroqarz hamda mikrokredit berish deyarli 50 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek