Bayram munosabati bilan pensiya toʻlovlari 1-sentabrgacha toʻlab beriladi
eʼlon qilindi
Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga 4-sentabr kunidan boshlab beriladi
Mustaqillik bayrami munosabati bilan pensiya toʻlovlari oldindan toʻlab beriladi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, pensiya toʻlovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning joriy yil sentabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentabr kuniga qadar ularning bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi.
Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga toʻlovlar 4-sentabr kunidan boshlab «Xalq banki» sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, prezident farmoniga muvofiq joriy yil sentabr oyidan pensiyalar miqdori 15 foizga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yildan boshlab yoshga doir pensiyalar avtomatik tayinlanishi haqida xabar bergan edi.