Yangiliklar

Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni bugundan boshlash kerak – Shavkat Mirziyoyev

Sport tibbiyoti, farmakologiya, diyetologiya, psixologiya va muhandislik yonalishlaridan malakali mutaxassislar jalb etiladi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni bugundan boshlash kerakligini aytib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Oldimizda toʻrt yil vaqt bor. Oʻylaymanki, sport federatsiyalari rahbarlari oʻzlariga xulosa qilib, Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan Olimpiadaga munosib tayyorgarlik koʻradilar», deydi davlat rahbari.

«Olimpiya shaharchasi»da xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik doirasida ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan mashg‘ulotlar va musobaqalarni o‘tkazishning yangi tizimi joriy etiladi.

Har bir yo‘nalishda sport tibbiyoti, farmakologiya, diyetologiya, psixologiya va muhandislik yo‘nalishlaridan malakali mutaxassislar jalb etiladi.

Bundan tashqari, mamlakatimizning har bir hududida Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina maktablari kabi ixtisoslashtirilgan sport muassasalari tashkil etiladi.

Shuningdek, mahallalarda yangi iste’dodlarni aniqlash va ularni maqsadli saralash orqali xalqaro tanlovlarga tayyorlash dasturini joriy etish rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan 65 nafar sportchi ishtirok etishini yozgan edi.