​​«Iberojet» aviakompaniyasi Madriddan Toshkent va Urganchga aviareyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

eʼlon qilindi
Sentabrdan boshlab
Foto: T.me/uzbairports

Ispaniyaning «Iberojet» aviakompaniyasi Madrid — Toshkent va Madrid — Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha charter yo‘lovchi parvozlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ilk parvoz Toshkentga 2024-yil 2-sentabrda, Urganchga 2024-yil 8-sentabrda amalga oshiriladi.

Reyslar har ikki haftada bir marta «Airbus-A330» samolyoti orqali yo‘lga qoo‘yilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onadan Novosibirskka to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek