«Ipak yo‘li» banki jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Reklama qonunchiligi buzilgani yuzasidan
Foto: Ipakyulibank.uz

«Ipak yoʻli» AITB tomonidan e’lon qilingan «Universal» va «Milliy» nomli omonat turlari reklamasida berilgan axboroti yuzasidan Raqobat qo‘mitasi bankni moliyaviy jarimaga tortdi. Bu haqda Qo‘mitaning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Ipak yo‘li» AITBning «Universal» omonat turi boʻyicha yillik foiz stavkasi 22 %, «Milliy» omonat turi boʻyicha yillik foiz stavkasi 25 % ekanligi haqidagi axborot berilgan edi.

Shu bilan birga, bank veb-saytida «Universal» omonat turi boʻyicha dastlabki 6 oyi uchun depozit hisob raqamlari yopilishi muddatiga qarab yillik 14 % stavka, keyingi 6 oyi uchun 18 % stavka boʻyicha qayta hisoblab chiqilishi haqida ma’lumot koʻrsatib oʻtilgan.

Lekin ularda «Universal» nomli omonat turi haqidagi boshqa muhim ma’lumotlar berilmagan. Shunga koʻra Qoʻmita «Ipak yoʻli» AITBga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qoʻmitasi sement zavodini 4,9 mlrd soʻm jarimaga tortgan edi.

Shuningdek