«Ko‘chmanchilar o‘yinlari – 2026» O‘zbekistonda o‘tkaziladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu yil Ostonada bo‘lib o‘tadi
Rasm: R. Ilyasov /Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari

O‘zbekiston 2026-yilda VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlariga mezbonlik qiladi, deb xabar berdi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

2024-yilgi musobaqalar 8 – 14-sentabr kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi. Ilgari Ko‘chmanchilar o‘yinlari Qirg‘izistonda uch marta va Turkiyaning Iznik shahrida bir marta o‘tkazilgan. Tadbir har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi (pandemiya 2020-yildan tashqari).

Ko‘chmanchilar o‘yinlari davomida turli mamlakatlardan kelgan sportchilar ko‘chmanchi xalqlarning o‘ttizga yaqin an’anaviy sport turlarida musobaqa o‘tkazadilar. Bu sport turlari orasida ot poygasi, kamondan o‘q otish, erkin kurash va ko‘pkari (echki tanasi bilan o‘tkaziladigan otli sport o‘yini) kabi turlar mavjud.

O‘zbekiston terma jamoasi 2014-yildan buyon har bir Ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etib, ellikdan ortiq medallarni qo‘lga kiritgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda baydarkada eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati natijalari haqida xabar bergan edi.

Shuningdek