
Oʻzbekistonda oʻrtacha ipoteka krediti toʻlovi 3 mln soʻmni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bankning ipoteka kreditlari sharhi hisobotida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil olti oyida ipoteka kreditlari boʻyicha 2 – 5 mln soʻm, 5 – 7 mln soʻm hamda 7 mln soʻmdan yuqori miqdordagi oylik toʻlovchi qarz oluvchilar ulushida oʻsish jarayoni qayd etilgan boʻlsa, aksincha quyi miqdordagi oylik toʻlovlarni amalga oshiruvchi fuqarolar ulushida kamayish qayd etildi.

38 mingdan oshiq oʻzbekistonlik oʻrtacha oylik ish haqi – 5 mln soʻmdan koʻproq ipoteka toʻlovini qilib keladi.
Hisobot davrida fuqarolarning ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari miqdori oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16 foizga (415 ming soʻm) oshib, deyarli 3 mln ming soʻmga yetgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bankning asosiy stavkani 13,5 foizga tushirishi fonida tijorat banklari ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi ham pasaygani haqida xabar bergan edi.