O‘zbekistonga kelgan ozarbayjonlik sayyohlar soni ochiqlandi

eʼlon qilindi
Ozarbayjon fuqarolarining salkam 5,7 ming nafari dam olish uchun kelgan
Foto: Unsplash

Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga to‘qqiz mingdan ziyod Ozarbayjon aholisi turistik maqsadlarda kelgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar beradi.

Ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning ushbu davrida 8 ming nafarni tashkil etgan. 2024-yilda ozarbayjonlik sayyohlar soni 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga, ya’ni 19,8 foizga ortgan.  

Ozarbayjon fuqarolarining salkam 5,7 ming nafari dam olish, 3,4 ming nafari qarindoshlarini ko‘rish, 543 nafari xizmat maqsadida, uch nafari o‘qish va to‘qqiz nafari davolanish uchun kelgan.

Avvalroq «Kursiv» davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelayotgan chet el fuqarolarining soni ortganligi haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek