Pavel Durov Nobel mukofotiga nomzod sifatida taklif qilindi

eʼlon qilindi
Rasmiy taklif yuborilgan

Yevroosiyo xalqaro universiteti rektori Konstantin Klimenko Telegram messenjeri asoschisi, Fransiyada qo‘lga olingan Pavel Durovni Nobel mukofotiga nomzod sifatida taklif qildi. Bu haqda Ria Novosti axborot agentligi ma’lum qildi.

«Men shaxsan Pavel Durovni yangi raqamli texnologiyalar davrining yetakchisi deb bilaman, menimcha, Durov Nobel mukofotiga loyiq.

Shuning uchun men Nobel qo‘mitasiga Pavel Durovga Nobel mukofoti berish bo‘yicha rasmiy taklif yubordim», deyiladi rektorning Telegram kanalida e’lon qilgan xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov 100 dan ortiq farzandlarning otasi ekanligi ma’lum qilingan edi.

Shuningdek