Qanot Sharq aviatashuvchisi yana bir reysni bekor qildi: 29-avgust, payshanba kuni Moskva va Samarqand o‘rtasida parvozlar to‘xtatiladi, deyiladi kompaniya Telegram-kanalida.
Gap HH-711 reysi haqida ketmoqda. Uning bekor qilinishi texnik sabablar bilan izohlanadi.
Yo‘lovchilarga yo‘l haqi qaytariladi va bir yil davomida xuddi shu yo‘nalishda amal qiladigan bepul chiptalar taqdim etiladi.
Kuni kecha Kursiv Uzbekistan Qanot Sharq to‘rtta parvozni bekor qilgani haqida yozgan edi.