Qozog‘istonning Galmart kompaniyasi Toshkentda supermarket ochdi

eʼlon qilindi
Toshkent City Mall savdo markazida ochildi
Rasm: Galmart

Toshkent shahrida premium-segment oilaviy supermarketlar tarmog‘i «Galmart» o‘z faoliyatini boshladi. Kompaniya matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, «Tashkent City Mall»da birinchi do‘kon ochildi.

Ushbu supermarket Qozog‘istondan tashqaridagi birinchi nuqtaga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, supermarket ochilishi haqidagi e’lon 2023-yilning avgustida qilingan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Spar supermarketlari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek