Raqobat qo‘mitasi yana bir MCHJni jarimaga tortdi
And Zamin Tea choy ishlab chiqaruvchi korxonaning tovar belgisi Max-Tea mas’uliyati cheklangan jamiyatga o‘xshash ekanligi aniqlanib, moliyaviy jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mita tomonidan 2024-yilning 9-avgust kuni Max-Tea hamda And Zamin Tea o‘rtasida tovar belgisi bilan bog‘liq bo‘lgan nizo ko‘rib chiqildi.
Ishni ko‘rishda And Zamin Tea o‘zining ikki xildagi mahsulotlarini BEKOY-TEA nomi ostida fuqarolik muomalasiga kiritgan. Mazkur mahsulotlarning qadoqlanishi aynan Max-Tea tomonidan avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan «BEGOYIM» tovar belgisi bilan o‘xshash ekanligi aniqlangan.
Ish natijasiga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining 21-moddasini buzgan deb topildi hamda «And Zamin Tea» MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» AJ va «Shahar atrofida yoʻlovchi tashish» MCHJ moliyaviy jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.