«Parij – 2024″da Shimoliy koreyalik tennischilarni Janubiy koreyalik raqiblari bilan tabassum qilgan holda suratga tushgani uchun hukumatning qattiq nazoratiga olindi. Bu haqda The Telegraph axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sportchilarga boshqa mamlakat vakillari bilan o‘zini qanday tutish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Shunga qaramasdan Shimoliy koreyalik tennischilar raqiblari bilan shohsupada birgalikda tabassum bilan suratga tushgan.
Endilikda sportchilar «Xorij ta’siri» yuzasidan uch bosqichli ekspertizadan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, shimolliklar Olimpiada o‘yinlarining kumush medali sohibi bo‘lgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Olimpiada oʻyinlari sovrindorlarining murabbiylariga qancha pul mukofotlari berilgani haqida xabar bergan edi.