Tojikistonliklarga folbinga borish qonunan taqiqlandi
Mamlakatda folbinlik va jodugarlikka qarshi kurash fonida, endi ularga borgan fuqarolar ham jazolanadi . Bu haqda Tojikiston IIV xabar berdi.
Unga ko‘ra, qo‘shni respublikaning Ichki ishlar vazirligi folbin va sehrgarlar huzuriga boradigan barcha fuqarolar Ichki ishlar vazirligining boshqarmalariga taklif etiladi va materiallar tayyorlanib, rasmlari Ichki ishlar vazirligi arxiviga joylashtiriladi.
Qo‘lga olingan fuqarolar jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi, shuningdek, jinoiy javobgarlikka ham tortilishga sabab bo‘ladi.
«O‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida folbin va jodugarlarga murojaat qilayotgan fuqarolar ularning xizmatlarini to‘lab, bu faoliyatni rivojlantirayotgani aniqlandi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda 150 dan ortiq shunday shaxslar Ichki ishlar vazirligining reyestriga kiritilgan hamda ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonda Tojikistonning yigirmadan ortiq fuqarolari narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlar uchun qoʻlga olingan edi.