Yangiliklar

Afg‘onistonda aralash jang san’ati (MMA) taqiqlandi

Bu haqda Daily Sabah nashri xabar berdi
Foto: Amber Clay / Pixabay

Tolibon hukumati Afg‘onistonda aralash jang san’atini (MMA — mixed martial arts) taqiqladi, deya xabar berdi Daily Sabah.

Unga ko‘ra, Afg‘oniston Jismoniy tarbiya va sport departamenti boshlig‘i Ahmadulloh Vosiqning aytishicha, jang san’atining bu turi taqiqlanishiga uning shafqatsiz va xavfliligi sabab bo‘lgan.

Avvalroq Tolibon «Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilgan, bu esa BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) tomonidan tanqid qilingan edi.

Qonun erkaklar va ayollar uchun kiyim va xatti-harakatlarga cheklovlar qo‘ygan.

Tolibon rahbari matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid UNAMA tomonidan bildirilgan xavotirlarni asossiz deb atadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, qonun adolatli va xolisdir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Tolibon O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Afg‘oniston samolyotlari bo‘yicha kelishuvni tanqid qilgani haqida yozgan edi.