Yangiliklar

Turizm qo‘mitasi logotip va shior yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi

Tanlov g‘olibiga $10 ming mukofot beriladi
Foto: Turizm qo‘mitasi

O‘zR Turizm qo‘mitasi xalqaro va mahalliy marketing, brending va konsalting kompaniyalari uchun tanlov e’lon qildi. Tanlov shartlariga ko‘ra logotip va shior yaratish lozim. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Sovrin jamg‘armasi $10 ming tashkil etadi. Arizalar joriy yilning 25-sentabriga qadar tanlovbrend@uzbektourism.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Tanlovning asosiy vazifalari:

  • Hududlarning turistik yo‘nalishlari va xususiyatlarini aks ettiruvchi yangi logotip va shiorni ishlab chiqish.
  • O‘zbekistonda turizmning tarixiy, madaniy, gastronomik, ekstremal va boshqa turlari haqida kontent yaratish.
  • Eng yaxshi asarlar mualliflarini rag‘batlantirish.

Logotip va shior o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi kerak. Arizalar 5 kun ichida talablarga ko‘ra tekshiriladi.

Tanlovda ishtirokchilarning ushbu sohada kamida 5 yillik tajribaga (tasdiqlovchi hujjatlar bilan) ega bo‘lishi va mahalliy hamda xorijiy kompaniyalar uchun brend yaratish bo‘yicha tanlovlar g‘olibi bo‘lsa, qo‘mita tomonidan alohida ahamiyat beriladi.

Tanlov Turizm qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK tomonidan tashkil etildi. Natijalar 2024-yil 30-sentabr kuni rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

Texnik talablar va tafsilotlar bilan quyidagi havolada keltirilgan nizom orqali tanishishingiz mumkin: NIZOM.pdf