Yandex Go xizmati Guliston shahrida ham ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Safarning minimal narxi 4 ming so‘mni tashkil qiladi
Foto: Yandex

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yandex Go ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kursiv Uzbekistanʼga ma’lum qildi.

Safarning minimal narxi 4 ming soʻmni tashkil qiladi. Masalan, temir yoʻl vokzalidan Olim Xoʻjayev nomidagi musiqali drama teatrigacha boʻlgan safar taxminan 4,5 ming soʻmga tushadi.

Safarlar uchun toʻlovni karta orqali, ilova orqali yoki naqd pulda amalga oshirish mumkin. Yandex Go allaqachon Oʻzbekistonning 14 ta shahrida xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil boshidan 15-avgustgacha Oʻzbekistonda 166 milliondan ortiq taksi qatnovi amalga oshirilgan. Berilgan cheklar miqdori esa 3 trillion soʻmdan oshgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Urganch va Xiva shaharlarida Yandex Go xizmati ishga tushirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek