29-avgust kuni Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘adi
eʼlon qilindi
Boshqa viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Bugun, 29-avgust kuni Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning boshqa viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati o‘rtacha 27-32 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Toshkent shahrida havo bulutli va o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 29-darajagacha isishi mumkin, kechga kelib 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 20-darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 13-daraja salqin bo‘ladi.