Afg‘onistonda jinoyatchiliklar soni 30 foizga kamaydi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        So‘nggi 40 yil ichida ilk marta mamlakat aholisi turli viloyatlarga sayohat qilishi mumkin
                    
                            
2023-yilning aprel oyidan 2024-yilning mart oyigacha Afg‘onistonda jinoyatchiliklar soni 30 foizga kamaydi. Bu haqda Ariananews nashri Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Vazirlik taqdim etgan xabarga ko‘ra, xodimlarining mahorati hamda soni sezilarli darajada oshgan. Shuningdek, mamlakat hududida ISHID tuzilmalari butunlay yo‘q qilinib, barcha ko‘knor ekin maydonlari yo‘q qilingan.
Mamlakat aeroportlarida qariyb $2 mln, 845 ming yevro, 4,8 mln Saudiya riyoli, shuningdek, 344 kg narkotik modda va bir kgdan ziyod oltin noqonuniy olib o‘tilishiga barham berildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan tolibon O‘zbekistonda savdo ko‘rgazmasini o‘tkazishni rejalashtirgani haqida xabar bergan edi.
