Yangiliklar

Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatov podpolkovnik unvonini oldi

“Aʼlo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va esdalik qimmatbaho sovg‘asi bilan ham mukofotlandilar
Foto: T.me/milliygvardiya_toshkentshahar

Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayori Rustam Joʻrayev Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida 2 karra oltin medali sohiblari bo‘lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kapitan Bahodir Jalolov va kapitan Hasanboy Doʻsmatovga muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvonlarini taqdim etdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Parij-2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida Milliy gvardiya xarbiy xizmatchilari Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolovlar sportning boks turi bo‘yicha munosib ishtirok etib, 2 karra Olimpiya chempioni bo‘ldilar.

Foto: T.me/milliygvardiya_toshkentshahar

Jumladan, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li hamdaMilliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, kapitan Do‘smatov Hasanboy Marufjon o‘g‘li Milliy gvardiyaning «Aʼlo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni va esdalik qimmatbaho sovg‘asi bilan mukofotlandi.

Foto: T.me/milliygvardiya_toshkentshahar

Ularning ushbu yutuqlari, ko‘rsatgan jasorati orqali qo‘shgan beqiyos hissasi uchun kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li va kapitan Do‘smatov Hasanboy Marufjon o‘g‘liga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining ruxsati bilan navbatdan tashqari Podpolkovnik harbiy unvoni muddatidan taqdim etildi.

Shuningdek, Bahodir Jalolovning onasi Jalolova Saboxat Ashurqulovna, Hasanboy Do‘smatovning ota-onasi Xayitboyeva Dilnozaxon G‘anijonovna va  Xayitboyev Marufjon Do‘smatovichlarga Milliy gvardiya esdalik qo‘l soati taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Los Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni bugundan boshlash kerakligi haqida so‘zlagan edi.