29-avgust kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 48,93 so‘mga pasaydi va 12 625,01 so‘mni tashkil qildi.
Respublika banklari dollarni 12 525 – 12 640 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 645 – 12 730 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 28-avgust kuni mamlakatda dollarning narxi 21,75 so‘mga ko‘tarilgan edi.