Dori-darmon narxining oshib ketishidan ko‘rilgan zarar 5,4 mlrd so‘mni tashkil etdi

eʼlon qilindi
473 ta dorixonada qoidabuzarlik aniqlangan
Rasm: Piqsels

«Fair Tech» tizimi 49,5 mingta dori-darmon narxining oshishi holatlarini aniqlashga imkon berdi. Iste’molchilarga yetkazilgan umumiy zarar 5,4 mlrd so‘mni tashkil etdi, deb xabar berdi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.

Eng ko‘p qoidabuzarliklar Toshkent shahri, Jizzax va Namangan viloyatlari dorixonalarida qayd etilgan.

Nazorat qiluvchi organ tomonidan jami 473 ta dorixonaga nisbatan e’tirozlar kelib chiqqan. Qoidabuzarlikka ega dorixonalar soni bo‘yicha Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ulgurji sotuvchilarda dori-darmonlarga ustama narx ularning xarid narxining 15 foizidan oshmasligi kerak. Chakana savdoda – ulgurji narxning 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Cheklovlar dori-darmonlarni aholi uchun yanada arzonlashtirish va narxlarning asossiz oshishining oldini olishga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston aholisi eng ko‘p qaysi dorilarni sotib olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek