Hindiston brilliant mahsulotlari bozori hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

eʼlon qilindi
AQSH’dan keyin
Rasm: Unsplash

Tabiiy brilliantdan yasalgan zargarlik buyumlari bozorining hajmi bo‘yicha jahon yetakchi uchligida. Hindiston avval Xitoyga tegishli bo‘lgan ikkinchi o‘rinni egalladi, deya aniqlik kiritdi The Economic Times portali.

Birinchi o‘rinni Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH) egallab turibdi.

Shu hafta Tanishq va De Beers Hindistonda tabiiy olmoslarni targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlikni e’lon qildi. Tashabbus «iste’molchilarning ushbu qimmatbaho toshlardan xabardorligi va ishonchini oshirishga» qaratilgan.

Tanishq – Hindiston zargarlik brendi. Kompaniya 1994-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Hindiston va xorijda – AQSH, Singapur, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarida 400 dan ortiq do‘konlarga ega.

De Beers – tabiiy olmoslarni qazib olish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha xalqaro korporatsiya. Shuningdek, tashkilot sanoat uchun sintetik olmoslar ishlab chiqaradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyaning yirik zargarlik tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga chiqmoqchi ekanini yozgan edi.

Shuningdek