Ikki nafar ayol suzuvchilarimiz ham finalda
eʼlon qilindi
100 metrga butterfly usulida suzish bo‘yicha
«Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlarining saralash bellashuvlarida ishtirok etgan suzuvchilarimiz Shoxsanam Toshpo‘latova va Muslima Odilova finalga yo‘llanma oldi. Bu haqda Sport vazirligi ma’lum qildi.
Ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga butterfly usulida suzish bo‘yicha saralash bahsi natijalariga ko‘ra para suzuvchilar Muslima Odilova hamda Shoxsanam Toshpo‘latova 2- va 3-o‘rinlarni egallab, hal qiluvchi final bahsiga yoʻl oldi.
Ma‘lumot o‘rnida, final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq ikki erkak suzuvchilarimiz ham final tomon yo‘llanmaga ega bo‘lgan edi.