Ikki nafar suzuvchilarimiz Paralimpiya finaliga yo‘llanma oldi

eʼlon qilindi
100 metrga butterfly usulida suzish bo‘yicha

Erkaklar o‘rtasida para suzish bo‘yicha saralash bellashuvida Muzaffar Tursunxo‘jayev hamda Kiril Pankov final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, saralash bellashuvi S13 klassida 100 metr masofaga butterfly usulida bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek, Islam Aslanov o‘z guruhida 6-o‘rinni egalladi.

Ma‘lumot uchun, ushbu yo‘nalishning final bahslari bugun 29-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:09 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan 65 nafar sportchi ishtirok etishi haqida yozgan edik.

Shuningdek