Yangiliklar

Indoneziya hukumati Telegramʼni bloklashi mumkin

Shuningdek, Bigo Live striming ilovasi ham
Foto: diy13@ya.ru / Depositphotos.com

Indoneziya Singapurning Bigo Live striming ilovasi va Telegram messenjerini pornografiya tarqatish va onlayn qimor oʻyinlarini targʻib qilishda ishtirok etgani sababli bloklash masalasini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Jakarta Globe nashri xabar berdi.

Mamlakat aloqa vaziri Buri Are Setiadining soʻzlariga koʻra, vazirlik ikkala platformaga ham ogohlantirish bergan, lekin ularning javoblari qoniqarsiz boʻlib chiqdi va kontentni moderatsiya qilish bilan bogʻliq muammolar bartaraf etilmagan.

“Biz toʻplangan dalillar asosida harakat qilamiz. Agar biz pornografiya [tarqatish] yoki qimor oʻyinini targʻib qilish dalillarini topsak, platformalarga taqiqlar qoʻyamiz “, deydi vazir.

Eslatib oʻtamiz, Turkiyada ham Telegram messenjeri bloklanishi mumkin. Umuman so‘nggi vaqtlarda Telegram’ga nisbatdan ko‘plab tazyiqlar bo‘lmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram asoschisi Pavel Durovga besh mln yevro garov majburiyati yuklangani haqida xabar bergan edi.