Yangiliklar

Namanganda eski uran koni konservatsiya qilindi

YeTTB ko‘magida
Rasm: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2024 yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatida sobiq Charkesar-2 uran koni hududida ikkita shaxtani konservatsiya qilish ishlari olib borildi, deb xabar berdi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, konlar beton bilan qoplangan, ularga kirish yo‘llari qurilgan. Kon hududida suv toshqinlarining oldini olish uchun kanallar qazildi, 1 ming kub metrga gabion konstruksiyasi qurildi.

Loyiha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ushbu maqsadlar uchun 7 mln yevro ajratildi. Tashabbus doirasida poytaxt hududidagi Yangiobod konini rekultivatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Pop tumani deputati Abbos Umrboyev amalga oshirilgan ishlar natijasida Chorkesar inson uchun xavfsiz hududga aylanganini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning birinchi yarmida uran qazib olish 12,5 foizga o‘sgani haqida yozgan edi.