Oʻzbekistonda oltinning narxi rekord darajada ko‘tarildi
Oʻzbekiston oltin quymalari va qimmatbaho metallardan yasalgan esdalik tangalari narxi yana oshdi. Bu haqda Markaziy banki regulyator axborot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yilning 29-avgust holatiga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymalari narxi 5,3 mln so‘mga baholanmoqda. Ushbu ko‘rsatkich bir oy avval 5 mln 40 ming so‘mni tashkil qilib, ya’ni 5,3 foizga o‘sdi.
Boshqa og‘irlikdagi oltin quymalarining narxlari ham sezilarli darajada oshdi. Masalan, 20 grammlik oltin quymalarining narxlari bir oy avvalgiga nistbatan 5,3 foizga yoki 1 mln 73 mingga oshdi.
Ushbu narxlar o‘sishini jahon bozoridagi oltin narxlari o‘sishi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin. Misol uchun, oktabr oyi uchun Comex tovar birjasida oltin fyucherslari 29-avgust soat 08:25 holatiga ko‘ra, bir troya unsiyasi uchun $2550,20 gacha oshdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyun oyi ko‘rsatkichlariga binoan $293,7 mlnga kamaygani haqida xabar bergan edi.