O‘qotar bo‘lmagan qurollarga oid qonun kuchga kirdi
O‘zbekitonda o‘qotar bo‘lmagan qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi. Bu haqda 27-avgust kuni prezident tomonidan imzolangan qonunda belgilab qo‘yildi.
Qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2201-moddasida belgilanishicha, o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan o‘qotar bo‘lmagan qurolini ixtiyoriy topshirish shaxsni javobgarlikdan ozod etadi.
Hujjatda belgilanishicha, pnevmatik, signal beruvchi, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish va boshqa harakatlar javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, o‘qotar quroldan foydalanishda belgilangan tartibni buzish qurolni hamda o‘q dorilarni musodara qilib bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan qurollarni ixtiyoriy ravishda topshirganlarga jarima solinmasligi to‘g‘risidagi qonun Senat tomonidan ma’qullangani haqida xabar bergan edi.