Venetsiya zamonaviy san’at biyennalesida o‘zbek filmlari namoyish etadi
3-sentabr, seshanba kuni Venetsiya zamonaviy san’at biyennalesida O‘zbekiston Milliy pavilioni Floating Cinema zalida zamonaviy o‘zbek rejissyorlari va rassomlarining uchta filmidan iborat to‘plamni taqdim etadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining matbuot xizmati xabar berdi.
Respublikada kinematografiya va tasviriy san’atni faol rivojlantiruvchi ilg‘or muassasa — Tashkent Film School homiyligida yaratilgan ushbu asarlar yangi o‘zbek kinosi sur’atini aks ettiradi.
Dasturga Mihail Borodin va Sasha Kulakning Nukusdagi bolaning matonati haqidagi o‘tkir hikoya «Mirtemirda hammasi joyisida». SSSR davridagi o‘zbek hayotini ijodiy tadqiq etuvchi Gulnoza Ergashevaning «Cherdakda hech kim yo‘q». Shuningdek, tomoshabinlarni O‘zbekistondagi koreys diasporasi tarixiga sho‘ng‘itadigan Aleksandr Lining «Koryo Saramni izlab» filmlari kiritilgan.
Ushbu to‘plam madaniy almashinuv va xalqaro auditoriyani zamonaviy o‘zbek san’ati bilan tanishtirishga yordam beradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda ilk marotaba «Tamerlano» operasi namoyish etilgani haqida yozgan edi.