Yangiliklar

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlarida super-kontrakt miqdori tasdiqlandi

Rasm: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yili uchun 183 ta yo‘nalish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga super-kontraktlar miqdori tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy ta’lim muassasasidagi super-kontrakt – bu pullik ta’lim shakli bo‘lib, byudjetga yoki oddiy kontraktga o‘tish ballini to‘play olmagan abituriyentlarga yuqoriroq to‘lov evaziga kirish imkoniyatini taklif etadi. Gap o‘qishga kirishgacha 4,05 balldan ko‘p bo‘lmagan va kamida 56,7 ball to‘play olgan abituriyentlar haqida ketmoqda.

Ular uchun to‘lovning eng kam miqdori belgilangan bo‘lib, u kontraktning standart qiymatidan yuqori bo‘ladi, lekin muayyan chegaradan oshmaydi.

Super-kontrakt qiymatini hisoblash uchun koeffitsiyentni tanlangan yo‘nalish uchun kontraktning bazaviy qiymatiga ko‘paytirish kerak. Koeffitsiyentlar o‘lchamlarini havola orqali ko‘rish mumkin.

Kontrakt qiymatini 15-oktabrgacha to‘lagan abituriyentlarga 10 foiz chegirma beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy o‘quv yilida O‘zbekiston OTMlarida kontrakt narxi 15 foizga oshirilishi haqida yozgan edi.