Qirg‘izistonda bozor monopoliyasiga qarshi kurashish uchun taksi tizimi isloh qilinmoqda

eʼlon qilindi
Yo‘lovchi tashish qoidalari loyihasi tayyorlandi
Rasm: Yandex Go

Qirg‘izistonda avtomobil transportida taksomotor tashish qoidalari loyihasi xorijiy taksi agregatorlari, xususan, «Yandeks» tomonidan bozorni monopollashtirish tahdidiga javoban ishlab chiqildi. Hujjat Qirg‘iziston Respublikasi normativ hujjatlari loyihalarining yagona jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

Mamlakat hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda 300 mingdan ortiq haydovchi taksi xizmati bilan shug‘ullanmoqda. Bishkek shahrida esa o‘ndan ziyod tegishli yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

«Taksistlarning asosiy qismi (70 foizi) «Yandeks Taksi» kompaniyasi orqali ishlaydi. (…) «Yandeks Taksi» va boshqa yirik operatorlarning ustunligi sharoitida bozorni monopollashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, bu esa tariflarning oshishiga va chet elga pulning sezilarli chiqib ketishiga olib keladi,» – deyiladi loyihaning asoslantiruvchi ma’lumotnomasida.

Hujjatda aniqlashtirilishicha, «Yandeks Taksi» sayohat narxining 21 foizini undiradi, shu bilan birga «mumkin bo‘lgan muammolar uchun» javobgar emas.

Hukumat taksi faoliyatini tartibga solish qoidalarini joriy etishni, shuningdek, yagona agregatorga ega munitsipal korxonalar tizimini yaratishni taklif qilmoqda. Bu mahalliy hokimiyat organlariga tarifni tartibga solish imkonini berishi kutilmoqda. Buyurtma summasining 10 foizini cheklash taklif etiladi.

Kuni kecha Kursiv Uzbekistan Gulistonda Yandex Go ishga tushirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek