Shavkat Mirziyoyev marhum Fanlar akademiyasi prezidentining oilasiga hamdardlik bildirdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Bugun, 29-avgust kuni davlat rahbari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zR fan arbobi Behzod Yo‘ldoshev uyiga tashrif buyurib, oilasiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev marhum xonadoniga bordi. Akademikning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, ularga sabr-toqat tiladi.
28-avgust kuni Kursiv Uzbekistan Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yoʻldoshev vafot etgani haqida yozgan edi.