TBC Bank Shveytsariya kompaniyasidan $25 mln qarz oldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Foto: Tbcbank.uz

TBC Bank Shveytsariyaga tegishli BlueOrchard Finance kompaniyasidan $25 mln miqdorida qarz oldi. Bu haqda TBC Uzbekistan matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu mablag‘ TBC Uzbekistan ekotizimini yanada kengaytirishga, bank kredit portfeli va moliyaviy inklyuzivlikni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

«Biz BlueOrchard tomonidan faoliyatimizni yanada diversifikatsiya qilish va mikrokreditlash bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni kengaytirish, O‘zbekiston bo‘ylab moliyaviy inklyuzivlikni oshirishga yordam beradigan ushbu muhim qarzni olishdan xursandmiz. BlueOrchard kompaniyasi qo‘llab-quvvatloviga tayanib, yanada qulaylik yaratadigan innovatsion moliyaviy yechimlarni taqdim etish ishtiyoqidamiz», deydi TBC Groupning O‘zbekistondagi bosh direktori Nika Kurdiani.

« Bu investitsiyalar TBC Uzga yaxshilangan moliyaviy xizmatlar orqali ko‘proq odamlarni jalb qilishda, iqtisodiy barqarorlik va rivojlanishda yordam beradi», deya ta’kidlaydi BlueOrchard bosh direktori Filipp Myuller.

Ma’lumot uchun, TBC Uz Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli moliyaviy ekotizim bo‘lgan TBC Uzbekistan tarkibiga kiradi. Shuningdek, unga Payme to‘lovlar ilovasi va Payme nasiya xizmatlari kiradi. TBC Uzbekistan Londonda ro‘yxatga olingan TBC Bank Group PLC tarkibiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TBC Bank Uzbekistan $38,2 million investitsiya jalb qilgan edi.

Shuningdek